Description
Ilova nazariya, amaliyot va doimiy takrorlashlarni o'z ichiga olgan eng samarali va qadimiy usullardan foydalanadi
Lekin dasturchilar bu qadimiy usullarga zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida shunday jilo berishdiki bu darslarda rus tilini zavqlanib o'rganasiz.
1-qism - LEKSIKA.
Mashg’ulotning birinchi qismida bir nechta yangi so'zlar bilan tanishasiz. Har bir so'z o'ziga xos jamlanmaga ega. Unga so'zni ifodalovchi rasm, assosiativ matn va so'zning to'g’ri talaffuzi kiradi. So'zlarni eslab qolish alohida takrorlashlar asnosida qurilgan bo'lib ular ma’lum bir oraliqda siz so'zni qanday yod olganingizni tekshirib boradi.
2-qism - GRAMMATIKA.
Mashg’ulotning ikkinchi qismida siz yangi grammatik qoida bilan tanishasiz. Buning uchun IZI sizga gaplar tuzilishini bloklar ko'rinishida beradi. Bu sizga gap tuzilishini oson eslab qolishga yordam beradi. Shuningdek shu qismning o'zida berilgan mavzuni mustahkamlash uchun sizga bir nechta oddiy mashqlarni bajarish taklif etiladi.
3-qism - AMALIYOT.
Mashg’ulotning uchinchi qismi-amaliy mashg’ulotlar. Ularni bajarish uchun siz yangi so'zlarni o'zlashtirib grammatik qoidalarni qo'llay bilishingiz kerak. Mashqlar har xil bo'lishi mumkin: gap tuzish, tarjima, dialoglar, tinglab tushunish, matnda xatolarni qidirib topish va hokazolar. Yana bi jihati muhim: amaliy mashqlar davomida oldingi darslarda o'zlashtirilgan mavzulardan ham topshiriqlar bo'lishi mumkin. Bu sizga o'tilgan mavzularni bir-biriga bog’lab mustahkamlash imkonini beradi.